Foydalanish shartlari
Iltimos, saytimizdan foydalanishdan oldin foydalanish shartlarimizni diqqat bilan o'qing. Agar sizda biron bir savol bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Umumiy qoidalar
Ushbu shartlar “KIMOSHDI AUCTIONS” MCHJ tomonidan tashkil etilgan www.kimoshdi.uz veb saytidan foydalanish qoidalari va shartlarini o’z ichiga oladi. Sayt foydalanuvchilariga o’z mol-mulk yoki xizmatlarini eng yuqori narxda kimoshdi savdosi orqali sotish imkoniyatini beradi. Saytdan foydalanuvchi shaxs 18(o’n sakkiz)yoshga to’lgan bo’lishi shart. Saytda foydalanuvchi ham xaridor, ham sotuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin. Sotuvchi - mol-mulk yoki xizmatni auksionga joylashtiruvchi shaxs, Narx taklif etuvchi -joylashtirilgan e’lon uchun narx taklif qiluvchi shaxs. G’olib - eng yuqori narx taklif etib, auksionga qo’yilgan obyektni sotib olish huquqiga ega bo’lgan shaxs. Tomonlar - sotuvchi va g’olib.
Ro'yhatdan o'tish
Auksion e’lon qilish yoki unda qatnashish uchun foydalanuvchi saytdan ro’yxatdan o’tishi shart. Ro’yxatdan o’tish jarayonida ko’rsatilgan email va telefon raqamlari, ularga keladigan kodlar, foydalanuvchi maxfiy kodi sir saqlanishi uchun foydalanuvchi javobgar bo’ladi.
Auksion e’lon qilish va unda qatnashish
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgach auksionga e’lon joylashtirishi va joriy auksionlarda ishtirok etishi mumkin. Buning uchun foydalanuvchi hisobida yetarli zaklat (bo’nak) va komissiya (xizmat haqqi) uchun pul miqdori bo’lishi shart. Sotuvchi obyekt ma’lumotlarini kiritadi va e’lonni moderatsiyaga jo’natadi. Sayt ma’muriyati e’lonni tekshirib, qoidalarga muvofiq ravishda saytga joylashtiradi. E’londa noaniqliklar yoki kamchiliklar aniqlangan taqdirda sotuvchiga tahrirlash uchun qaytariladi.
Zaklat (bo’nak) - auksion tugagach foydalanuvchining o’z majburiyatlari bajarilishini kafolatlash, majburiyatlar bajarilmagan taqdirda esa jabrlanuvchi tarafga kompensatsiya sifatida to’lab berish uchun ushlab turiladigan pul miqdori. Ushbu miqdor sotuvchi uchun boshlang’ich narxdan, narx taklif etuvchi uchun joriy narxdan hisoblanadi. Kelishmovchiliklar bo’lmagan taqdirda yoki savdo amalga oshmasa to’liq qaytariladi. Zaklat miqdori obyekt kategoriyalariga qarab quyidagicha:
- Ko’chmas mulk, avto, qimmatbaho buyumlar uchun- 2%
- Dachalar, kvartiralar ijarasi uchun - 10%
Komissiya - auksion tashkil etilgani uchun olinadigan haq. Savdo amalga oshmasa to’liq qaytariladi.
- Ko’chmas mulk, avto, qimmatbaho buyumlar sotuvi uchun- 1%
- Dachalar, kvartiralar ijarasi uchun - 5%
Auksion yakunlangach, tomonlar o’z majburiyatlarini to’liq bajargunga qadar ushlab turiladi. Tomonlar shaxsiy kabinetlaridan savdo amalga oshirilganini tasdiqlasa yoki 3 kun ichida hech qanday hatti-harakat amalga oshirmasa, auksion bo’lib o’tgan deb hisoblanadi va tomonlarning zaklat (bo’nak) pullari o’zlariga qaytarilib, komissiya yechib olinadi.
Nizo - tomonlardan birining o’z majburiyatlarini bajarmasligi. Nizo kelib chiqqanida sayt mamuriyati bayonnoma rasmiylashtirib qaror qabul qiladi va jabrlanuvchi tomonga kompensatsiya sifatida boshqa tomonning zaklat(bo’nak) pulini o’tkazib beradi. Sayt qaroridan norozi taraf tegishli sudga arz qilish huquqiga ega. Zaklat(bo’nak) puli o’tkazib berish uchun xizmat ko’rsatuvchi to’lov operatori tomonidan komissiya olinishi mumkin.
Auksion yakunlanishi
Obyektning auksionda turish vaqti hamda auksionning tugash vaqti sotuvchi tomondan belgilanadi. Auksion tugashiga uch daqiqadan kam muddat qolsa va shu vaqt ichida narx taklif etilib qolsa auksion vaqti yana uzaytirilishi mumkin. Auksionda eng yuqori narx taklif etgan shaxs g’olib deb topiladi va uning elektron pochtasiga bu haqida xabar yuboriladi. Sotuvchi ham G’olib aniqlangani to’g’risida elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Bundan tashqari foydalanuvchilar shaxsiy kabinetlari orqali ham ma’lumot olishlari mumkin.
Oldi-sotdi
Sotuvchi va G’olib uch ish kuni ichida bog’lanib o’zaro hisob kitoblarini amalga oshirishlari shart. Agar bu muddat ichida shaxsiy kabinet orqali saytga tegishli ma’lumot berilmasa avtomatik tarzda savdo jarayoni yopiladi.
Sotuvchining majburiyatlari
Auksion obyektini butun saqlash, auksion yakunigacha kutish, auksion tugagunga qadar obyektni sotib yubormaslik yoki ijaraga bermaslik, auksion g’olibi aniqlangach unga saytda ko’rsatilgan ma’lumotlarga mos ravishda topshirish;
G’olibning majburiyatlari
Kelgusida nizolar kelib chiqmasligi uchun auksion tugagunga qadar Sotuvchi bilan bog’lanib obyekt haqida kerakli ma’lumotlarni aniqlashtirish, auksion yakunlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida to’lovni to’liq amalga oshirish;
Sayt ma’muriyatining majburiyatlari
Saytning uzluksiz ishlashi, savdolarning shaffof o’tkazilishi, Sotuvchi va G’olib o’rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etish, foydalanish shartlariga kiritiladigan o’zgarishlarni saytga joylashtirib borish;
Kompaniya
Yordam
Bizni kuzatib boring
© 2026 Kimoshdi Auctions MCHJ. Barcha huquqlar himoyalangan.