Yuridik shaxslar uchun
Balansingizda mavjud bo’lgan eskirgan, yaroqsiz yoki keraksiz mol-mulklaringizni qonuniy yo’l bilan balansdan chiqarishingiz uchun “KIMOSHDI AUCTIONS” MCHJ bilan hamkorlik qiling! Bizning afzalliklarimiz:
-Mol-mulklaringiz minglab mijozlarga taklif etiladi va eng yuqori narx taklif etgan ishtirokchiga sotiladi. Bu esa tashkilotingiz qonuniy va shaffof ish yuritishini bildiradi va hech qanday savollarga o’rin qoldirmaydi;
-Auksionga mulklaringizni joylashtirish shartnoma asosida amalga oshiriladi. O’tkazilgan auksionlar uchun to’lov - pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi;
-Auksion amalga oshmasa komissiya olinmaydi (foto, video yoki reklama xizmatlari bundan mustasno);
-Auksionni talabingizga binoan ham onlayn, ham offlayn tartibda amalga oshirib beramiz;
-G’olib to’lovni amalga oshirmagan taqdirda kompensatsiya undirib beramiz;
-Shartnoma asosida siz sotmoqchi bo’lgan mulkni internet tarmog’ida katta auditoriyaga ega kanallarda sifatli reklama qilib beramiz;
-Auksion tugagach auksion g’olibi va sizning tashkilotingiz o’rtasida avtomatik ravishda elektron shartnoma shakllantirib beramiz;
-Bizning saytimizdagi shaxsiy kabinetingiz orqali onlayn tarzda hisoblaringizni boshqarishingiz, bitimlarni tadiqlashingiz yoki rad etishingiz, elektron shartnomalarni yuklab olishingiz va mol mulkingizni o’zingiz saytga joylashtirishingiz mumkin;
Namunaviy shartnomani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
Shartnoma Yuridik shaxslarga* Auksion faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi
Kompaniya
Yordam
Bizni kuzatib boring
© 2026 Kimoshdi Auctions MCHJ. Barcha huquqlar himoyalangan.